Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yo‘qotilgani aniq bo‘lgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotnomani bir kunda olish imkoniyati yaratildi
    06.07.2022

    Kutilmaganda eng kerakli hujjatni yo‘qotib qo‘ydingiz. Hujjat ayni vaqtda sizga judayam zarurmi? Uni qayta tiklash imkoni bor.

    Buning uchun nima qilish kerak?

    Albatta, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanish lozim.

    Mazkur holatda talabgor ikkita xizmatdan foydalanadi:

    – dastlab topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuboradi;

    – so‘ngra yo‘qolgan ashyo topilmagani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olishga o‘tsa bo‘ladi. Ushbu jarayonda birinchi xizmatdagi ariza raqami kiritiladi.

    Xizmatlardan birinchisi bepul, ikkinchisi esa pullik (13500 so‘m).

    Agar siz my.gov.uz foydalanuvchisi bo‘lsangiz, 10% chegirma mavjud (12000 so‘m).

    Manba: Axborot xizmati