Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Yaponiya Parlamenti palatasi deputati bilan raqamlashtirish, AKT sohasida samarali loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 1-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya Parlamenti palatasi deputati janob Keydzi Furuya boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori Fujiyama ham ishtirok etdi.

02.08.2022

International Digital ta'lim muassasasi rahbariyati bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 1-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov International Digital ta'lim muassasasi loyihasi asoschisi Ibrohim Hurramov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvga ta'lim muassasasi raisi Alan Frans onlayn tarzda ishtirok etdi.

01.08.2022

Prezident IT mutaxassislar bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va yoshlar bilan uchrashdi.

Dunyoda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda uning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, bu yil jami 4 trillion 300 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

29.07.2022

“IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz”

“Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish o‘rinlari yaratish uchun o‘ta muhim zamin”, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdan so‘ng.

29.07.2022

Hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart – Prezident

Shuningdek, Prezidentimiz barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini taʼkidladi.

29.07.2022

Shavkat Mirziyoyev: “Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz”

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

29.07.2022


Prezident “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish uchun keldim”, – dedi davlatimiz rahbari.

29.07.2022

Bugun Shavkat Mirziyoyev “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqorichirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikatsiya kompaniyalarining rahbarlari va xodimlari bilan uchrashadi.

29.07.2022

AKT vazirligi hamkorligida Acharya instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda Dehli shahrida Hindiston sanoat konfederatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur biznes-forum turli sohalardagi potentsial investitsiya loyihalarini muhokama qilish va amalga oshirish uchun maydon bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sanoat, transport aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tranzit yo‘laklarini kengaytirishga xizmat qiladi.

28.07.2022