Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart – Prezident
    29.07.2022

    Shuningdek, Prezidentimiz barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini taʼkidladi.

    Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq taʼlimi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish bo‘yicha natijalar borligi qayd etildi.

    Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo‘mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo‘llari”, “Agrosug‘urta”da ishlar ahvoli sust.

    “Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.

    Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur”, dedi Prezident so‘zining yakunida.

    So‘ng so‘z AKT vaziri Sherzod Shermatovga berildi. Vazir sohadagi muammo va takliflar yuzasidan axborot berdi. Ayni paytda davlatimiz rahbari soha vakillari bilan ochiq fikr almashmoqda.

    Manba: Axborot xizmati