Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarimizga sharoit yaratib berilsa, IT sohasini yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqadi – Prezident
    29.07.2022

    Uchrashuv chog‘ida Prezidentimiz eʼtiborni kuchaytirib, yoshlarimizga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi.

    “Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun “Astrum” akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.

    Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, dedi davlatimiz rahbari.

    Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.

    Manba: Axborot xizmati