Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • International Digital ta'lim muassasasi rahbariyati bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi
    01.08.2022

    Bugun, 1-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov International Digital ta'lim muassasasi loyihasi asoschisi Ibrohim Hurramov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvga ta'lim muassasasi raisi Alan Frans onlayn tarzda ishtirok etdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    O‘z navbatida, raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e‘tibor qaratildi. O‘zbekistonda IT-ta‘limni rivojlantirishda ushbu ta'lim muassasasi bilan birgalikda ish olib borish muhimligi taʼkidlandi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda ta‘lim sifatini ta‘minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Uchrashuv so‘ngida tomonlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusida o‘zaro manfaatli sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

    Manba: Axborot xizmati