Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

“O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Bugun, 8-sentabr kuni Milliy matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Davlat statistika qo‘mitasi  tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

08.09.2021

Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektron xizmatlardan foydalanishlari mumkin

Joriy yilning 31-avgust kuni Hukumat qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

08.09.2021

Buxoro viloyati Olot tumanida informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab ochildi

O‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash asoslarining chuqur o‘rgatilishini tashkil etish maqsadida, Buxoro viloyati Olot tumanidagi 1-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

07.09.2021

Navoiy viloyati olis hududlari mobil aloqa xizmati bilan ta’minlanmoqda

Navoiy viloyatining eng olis va cho‘l hududlari bo‘lgan, Konimex tumaniga qarashli, markazdan qariyb 220 km uzoq masofada joylashgan “Paxtakor” hamda “Fidokor” aholi yashash maskanlariga O‘zMobayl mobil aloqa operatorining CDMA standartidagi tayanch baza stansiyasi o‘rnatilib, hudud aholisi uchun foydalanishga topshirildi.

07.09.2021

Jizzax viloyatida IT-sohasidagi startap loyihalar moliyalashtirildi

So‘ngi yillarda yurtimizda IT-sohasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. IT-sohasida uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, yoshlarni IT-sohasiga qiziqtirish va bu yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

07.09.2021

Jizzax viloyati yoshlari o‘rtasida IT-tanlovi o‘tkazildi

Jizzax viloyati Forish tumani IT markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining besh muhim tashabbuslari ijrosining uchinchi yo’nalishi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Tez yoz” tanlovi tashkil etildi.

07.09.2021

Toshkentdagi Inha universitetida yangi o‘quv yili munosabati bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish” mavzusida matbuot anjuman tashkil etildi.

06.09.2021

Navoiy viloyatining qator maktablarida AKT soha korxona va tashkilotlari rahbarlari tomonidan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi

Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida, jahon hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sining yanada yuksalishida, hayotimizning barcha jabhasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatimizni yangilashda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.

06.09.2021

Yangilanish va taraqqiyot mezonlari

2021-yil 1-sentabr kuni “XXI asr” gazetasining 34-sonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada so‘nggi yillarda telekommunikatsiya, elektron hukumat sohalarini, IT tadbirkorlikni, IT kadrlarni tayyorlash va aloqa xodimlari uchun munosib sharoitlarni yaratish maqsadida AKT vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

06.09.2021

AKT vazirligi jamoasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili 2 sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulug‘ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

02.09.2021