Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati olis hududlari mobil aloqa xizmati bilan ta’minlanmoqda
    07.09.2021

    Navoiy viloyatining eng olis va cho‘l hududlari bo‘lgan, Konimex tumaniga qarashli, markazdan qariyb 220 km uzoq masofada joylashgan “Paxtakor” hamda “Fidokor” aholi yashash maskanlariga O‘zMobayl mobil aloqa operatorining CDMA standartidagi tayanch baza stansiyasi o‘rnatilib, hudud aholisi uchun foydalanishga topshirildi.

    Ushbu aholi yashash maskanlarida ilgari mobil aloqa qamrovi mavjud emas edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi uchun sifatli mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Bugungi kunda viloyat aholisi uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan 1600 dan ortiq tayanch baza stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

    Mazkur mobil aloqa tayanch stansiyalarining o‘rnatilib, foydalanishga topshirilishi hududlar aholisi tomonidan katta xursandchilik va hayajon bilan qarshi olindi. Jumladan, ushbu hudud aholisi bugungi kunga qadar o‘z yaqinlari bilan telefon orqali bog‘lanish uchun uzoq masofaga borgan bo‘lsa, endilikda o‘z uylaridan turib dunyoning istalgan mamlakati bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati yaratildi.

    Manba: Axborot xizmati