Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi jamoasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyishdi
    02.09.2021

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili 2 sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulug‘ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻyishdi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.

    Manba: Axborot xizmati