Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inha universitetida yangi o‘quv yili munosabati bilan amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    06.09.2021

    Joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish” mavzusida matbuot anjuman tashkil etildi.

    Ma’lumki, hozirgi vaqtda oliy ta’lim sohasida, jumladan, IT ta’lim sohasida tizimli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatimizning yanada rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti (TshIU) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasi xisoblanib, yangi 2021-2022 o‘quv yilida so‘nggi yutuqlardan oqilona foydalangan holda ta’lim faoliyatini amalga oshirmoqda.

    Jumladan, 2020-yil 31 dekabr kuni TshIU attestatsiyadan o‘tdi va akkreditatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining olingan sertifikati Toshkent shahridagi Inha universitetidagi ta’lim O‘zbekiston oliy ta’lim standartlariga javob berishini tasdiqlaydi.

    Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Inha universtiteti ISO 9001:2015 va O'z DSt ISO 9001:2015 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. ISO 9000 seriyali standartlariga muvofiq sifat menejmenti tizimi sertifikatining mavjudligi ta’lim muassasasining yuqori maqomini rasman tasdiqlash, jahondagi yetakchi reytinglarda ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

    Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universiteti kredit-modulli ta’lim tizimini to‘liq joriy etib, Janubiy Koreyaning INHA universiteti kredit-modulli tizimining muvaffaqiyatli tajribasini qo‘llanib kelmoqda.

    Pandemiya sharoitida universitet professor va mutaxassislari qisqa vaqt ichida masofaviy ta’lim berish platformasini - IUT-DES “IUT Distance Education System” ni yaratdilar va joriy etdilar. Mazkur tizim masofadan turib ta’lim berishda samarali foydalaniladi, ya’ni tayyorlangan video ma’ruzalarni va taqdimotlarni yuklash hamda talabalar o‘zlari istagan qulay vaqtda ko‘rishni imkon beradi.

    Hamkorlar ko‘magi bilan TshIUda magistratura bo‘yicha yangi yo‘nalish — “MBA in digital transformation” (Raqamli transformatsiya bo‘yicha MBA) ochildi.

    IT Park ko‘magi bilan universitetda IT-Inkubatsiya markazi ochildi. Mazkur inkubatsiya markazining faoliyati talabalar uchun o‘z innovatsion startap loyihalarini samarali amalga oshirishga sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan.

    IT sohasidagi yoshlar soni qamrovini oshirish maqsadida 2021-yil yakunigacha Toshkent shahridagi Inha universitetida “Dasturlash maktabi” ni ochilishi mo‘ljallangan. Kelgusida viloyatlarda ham shunday dasturlash maktablarini ochish rejalashtirilgan.

    Universitetda tahsil olayotgan viloyatdan kelgan talabalarning ijtimoiy sharoitlarni yahshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida joriy yilning mart oyida Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi ishga tushirildi. Yotoqxonada 200 o‘rin mavjud bo‘lib, unda ichki maydonini samarali tashkil etilishi uchun INHA universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi qo‘llanildi.

    2021-yil avgust oyida Toshkent shahridagi Inha universitetida “Voice on Inha” (“Inha ovozi”) matbuot klubi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi — TshIU talabalariga o‘zlari uchun dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish imkoniyatini yaratib beradi.

    2021-2022 o‘quv yili an’anaviy o‘qish shaklda, ya’ni oflayn, kunduzgi shaklda o‘tkaziladi. Yangi o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inha universitetida raqamli ta’lim miqyosini kengaytirish maqsadida universitetning data markazini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, koreys tilini samarali o‘rgatish maqsadida 2021-2022 yangi o‘quv yilidan boshlab TshIUda Toshkent shahridagi Sejong universiteti filialining koreys tili markazi ochildi.

     

    Manba: Axborot xizmati