Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Sirdaryo viloyatida “Tumaris EDU” loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi

Sirdaryo viloyatida 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ayollarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga oʻrgatish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va raqobatdosh IT-loyihalarni amalga oshirishda ayollarni bosqichma-bosqich oʻqitishga qaratilgan “Tumaris EDU” loyihasi ishtirokchilari taqdirlandi.

18.10.2021

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida, hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari  faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. 

18.10.2021

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida IT-markaz ochildi

Bugun Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida IT-markaz ochildi. IT-markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Egamberdiyev, O‘zbekiston tumani hokimi Sh. Yuldashev hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar va tashkilot rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

16.10.2021

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida “Qudash” MFY foydalanishga topshirildi

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘ini binosini zamonaviy usulda qurilib ta’mirlash ishlari yakunllanib foydalanishga topshirildi.

16.10.2021

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi binosi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi hamda Pochta aloqa bog‘lamasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qulayliklar yaratilgan binoda faoliyatini davom ettiradi.

16.10.2021

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

16.10.2021

AKT vaziri Andijon viloyatidagi birinchi IT-Texnikum bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Andijon  viloyatidagi xizmat safari doirasida, Andijon axborot texnologiyalari texnikumi  bilan tanishdi.

15.10.2021

Tomdi tumani “Suketti” ovulidagi efirga berilayotgan 12 ta telekanallar soni 23 taga ko‘paydi

Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida raqamli telekanallar efirga berib kelinmoqda. Ayniqsa, Respublikamizning chekka aholi yashash maskanlari, chegara hududlarda yashaydigan aholi uchun ushbu xizmatlarni ko‘rsatish alohida e’tibordadir. 

15.10.2021

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” o‘z faoliyatini boshladi

Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida “Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi” ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.

15.10.2021

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan litsey o‘quvchilari yaqindan tanishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati va o‘quv jarayoni bilan TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari yaqindan tanishdi.

15.10.2021