O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi tarkibi tasdiqlangan.
AKT joriy qilinishi va rivojlantirishning reytingli baholash tizimi davlat organi rasmiy veb-sayti, ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari, idoraviy axborot tizimlari va resurslari, shuningdek davlat organida axborot xavfsiziligini ta’minlash yuzasidan muayyan talablarni qo‘yadi.
Xususan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytining mavjud qonunchilik asosida tashkil qilinishi, shuningdek Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari va aholi va tadbirkorlik subektlari murojaatlariga munosabat ham baholash reytingida muhim ahamiyat kasb etadi.
Baholash reytingiga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati, interaktiv davlat xizmatlarining alohida bo‘limi ham shakllantirilishi lozim.
Muayyan davlat organlari (hokimlik, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqalar) rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha funsiyalar kiritildi.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016 yil 23 fevraldagi 7-son bayoniga ko‘ra quyidagilar tasdiqlangan:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimiga kiritilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa idoralar ro‘yxati (Pdf 220 kb, rus tilida)
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash metodikasi (Pdf 748, kb, rus tilida)
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holatini o’rganishni o’tkazish tartibi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ milliy axborot tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini muntazam o‘rganishni amalga oshirish maqsadida 2014 yil 23 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 102-son qarori imzolangan.
Qarorga muvofiq, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizom ham tasdiqlangan. Unga ko’ra, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini o‘rganishga mas’ul hisoblanadi.
Vazirlikning 2017 yil 10 iyuldagi 175-f-son farmoyishiga binoan, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularnirivojlantirish holati bo‘yicha 2017 yil avgust-oktabr oylari davomida o‘rganisho‘tkazish jadvali tasdiqlangan.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularnirivojlantirishholati bo‘yicha 2017 yil avgust-oktabr oylari davomida o‘rganisho‘tkazish jadvali. Yuklab olish (pdf, 75 Kb)