Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
AKT loyihalarining ekspertizasi
23.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №256-son qaroriga muvofiq, AKT vazirligi davlat organlarining axborot tizimlari texnik hujjatlari loyhasinining ekspertizasini o‘tkazadi.

Davlat organlarining axborot tizimlari loyihalari ekspertizasi:

axborot tizimiga qaror bilan tavsiya etilayotgan vazifalarni bajarish imkoniyati;

loyihaning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;

milliy axborot tizimi bilan o‘zaro hamkorlikning ta’minlanishi;

axborot xavfsizligining ta’minlanishi yuzasidan o‘tkaziladi.

Loyihalarni ishlab chiqishda quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilish maqsadga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №256-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 110-son qarori;

O‘zbekiston davlat standarti O'z DSt 1985:2010, “Axborot texnologiyasi. Axborot tizimlarini yaratish turlari, kompletlik va aniqlash” (PDF)

O‘zbekiston davlat standarti O'z DSt 1986:2010, “Axborot texnologiyasi. Axborot tizimlari. Yaratish bosqichlari” (PDF)

O‘zbekiston davlat standarti O'z DSt 1987:2010, “Axborot texnologiyasi. Axborot tizimini yaratishda texnik vazifa” (PDF)

Qo‘shimcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar uchun quyidagi manbaaga murojaat qiling: stt.unicon.uz

AKT loyihalarining ekspertizasi natijalari tegishli bayonnomalarda o'z aksini topgan (bayonnomalarga o’tish).