Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
UZ domeni
03.05.2017

Dunyo miqyosida jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalarining muhim o‘rni, ishtirokini bugun yurtimizda erishilayotgan yutuqlarda, yuksalib borayotgan hayotimizning har bir jabhasida ko‘rishimiz mumkin. Aytish mumkinki, har bir yurtdoshimiz bevosita yoki bilvosita axborot-aloqa texnologiyalarining faol foydalanuvchisi hisoblanadi. Yildan yilga elektron resurslarning axborot foydalanuvchilarining asosiy manbaasiga aylanayotgani, internet resurslari va foydalanuvchilari soni oshib borayotgani oldimizga aholi manfaatlari, yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyatining yuksalishida xizmat qiladigan, yurtimizda har sohada erishilayotgan yutuqlarni tezkor namoyish etadigan veb-resurlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish vazifasini qo‘ymoqda.

Yuqori darajali «.UZ» domeni 1995 yil 29 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3080-son farmoniga muvofiq, 2003 yil mart oyida ICANN Xalqaro tashkiloti bilan imzolangan kelishuv asosida Milliy domenni boshqarish huquqi «.UZ» milliy domenining ma’muri hisoblangan, UZINFOCOM markaziga berildi. Xizmatlar sifatini oshirish va domenlarni ro‘yxatga olish sohasida halol raqobatni rivojlantirish uchun Markaz tomonidan ro‘yxatga oluvchilar va ma’murlarning vazifalari taqsimlab berildi. Shu tarzda, hozir O‘zbekistonda 13 rasmiy ro‘yxatga oluvchi sub’ektlar – kompaniyalar, shuningdek viloyatlardagi 7 ta Kompyuterlashtirish markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda quyidagi servislar mavjud:

- domenlarning yo‘qolish hollarining oldini olish uchun foydalanuvchilarga SMS va elektron bildirishnomalarni tarqatish;

- whois xizmati;

- Domen nomlarining egalari uchun «Shaxsiy kabinet», bu o‘z domenlarini va bildirishnomalarning sozlanishini boshqarish uchun mo‘ljallangan;

- desk.uz loyihasi bilan birgalikda servis – «UZ domenlari muddatini nazorat qilish».

Yaqindan buyon ro‘yxatga oluvchilarga «UZ» domeni Ma’murlarining ishtirokisiz domenlarni – yangi domenni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini beruvchi domenlar transferini mustaqil uzatish, domenni ro‘yxatga olishni tugatish sanasini ro‘yxatga olishning to‘langan davri doirasida o‘zgartirish va domen nomlarini ro‘yxatga olish va ularni 1 yildan 5 yilgacha uzaytirish imkoni taqdim etildi.

www.cctld.uz saytida «.UZ» domen zonasini turli yo‘nalishlarda rivojlantirish holati to‘g‘risida axborotni ko‘rib chiqish imkonini beruvchi batafsil statistika mavjud. Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha veb-saytlar mavjud: Hi-Tech, madaniyat, ilm-fan, ko‘ngilochar tadbirlar, sport, biznes, davlat boshqaruvi organlari va boshqalar.

Milliy domenni rivojlantirish maqsadida 2001 yilda o‘tkazib kelinayotgan Milliy internet festivali fan va ta’lim, tibbiyot, sayyohlik, davlat boshqaruvi, internet yordamida xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan, oilaviy mavzularda ijod qilayotgan, eng muhimi, “UZ” Milliy domenimiz mazmun-mohiyatiga, rivojiga hissa qo‘shayotgan veb-saytlar, sahifalarga berilgan yuksak e’tirofdir.