Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nokia rahbariyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    01.04.2022

    Bugun, 1-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Nokia Solutions and Networks” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi vakolatxonasi rahbari Massimiliano Volpe bilan uchrashdi.

    Uchrashuv chog‘ida telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.

    AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida doirasida ham kompaniyaning bir qator vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani to‘g‘risida ham aytib o‘tildi. Unda internet infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ham masalalar ko‘rib chiqilgandi.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati