Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Taraqqiyotning zamini: O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar rivojlanmoqda

2022-yil 1-iyun kuni “Российская газета” nashriyotining 117-sonida “Фундамент прогресса: Узбекистан развивает цифровые технологии” nomli maqola chop etildi.

 

02.06.2022

AKT vaziri Toshkent shahridagi Amity universitetida faoliyat olib borayotgan hindistonlik o‘qituvchi-professorlar bilan uchrashdi

Bugun, 1-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Amity universitetiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

01.06.2022

AKT vazirligi va tizimdagi bir qator korxona va tashkilotlar xodimlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining Vazirlar Kengashi tomonidan yuqori darajali unvonlar bilan taqdirlandi

Bugun, 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida AKT vazirligi va tizimda faoliyat olib borayotgan tashkilot va korxonalar rahbar-xodimlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining Vazirlar Kengashi tomonidan yuqori darajali unvonlar bilan taqdirlangani munosabati bilan marosim tashkil etildi.

01.06.2022

Tumaris.Tech 2022-yilgi Axborot jamiyati bo‘yicha Butunjahon sammitida “Сapacity building” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

30-maydan 3-iyunga qadar Jenevada (Shveytsariya) World Summit on the Information Society Forum 2022 (WSIS 2022) yakuniy haftasi boʻlib oʻtadi. Sammit BMT tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar tuzilma tarkibiga kiruvchi Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan.

01.06.2022

Qizlar uchun mo'ljallangan TumarisHack onlayn xakatoni yakunlandi

Joriy yilning 27-29-may kunlari TumarisHack qizbola-dasturchilar uchun Markaziy Osiyo onlayn xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Xakaton IT Park tomonidan USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, TBC Bank, Wonder Women hamjamiyati ko‘magida tashkil etildi.

31.05.2022

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yo‘lida barcha davlat tashkilotlarining AKT bo‘linmalari rahbarlari o‘zaro hamkorlikda ishlashga chaqirildi

Bugun, 31-may kuni Davlat tashkilotlarining AKT bo‘linmalari rahbarlari bilan elektron hukumat va raqamlashtirishda olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

31.05.2022