Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qizlar uchun mo'ljallangan TumarisHack onlayn xakatoni yakunlandi
    31.05.2022

    Joriy yilning 27-29-may kunlari TumarisHack qizbola-dasturchilar uchun Markaziy Osiyo onlayn xakatoni bo‘lib o‘tdi.

    Xakaton IT Park tomonidan USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, TBC Bank, Wonder Women hamjamiyati ko‘magida tashkil etildi.

    Xakatonda jami 85 ta jamoa ishtirok etdi, shundan 47 ta jamoa Demo Day kunigacha yetib kelishdi. Tadbir 4 ta: FinTech, E-commerce, DeepTech, Wonder Women kabi yo‘nalishlarda o‘tkazildi.

    Wonder Women yo‘nalishi doirasida quyidagi vazifalar qo‘yildi:

    - Wonder Women APP-da foydalanuvchi xabarlari va postlarining kayfiyatiga mos rangni aniqlaydigan texnologiyani ishlab chiqish;

    - faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovada avtorizatsiya qilish usulini ishlab chiqish.

    G‘oliblar

    FinTech, DeepTech, E-commerce yo‘nalishlari bo‘yicha:

    1-o‘rin - DNK jamoasi (PeTag loyihasi - uy hayvoni salomatligini kuzatish imkonini beruvchi qurilma);

    2-o‘rin – From MADE to top jamoasi (tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan, neyron tarmoqlardan foydalanuvchi, talabalar interaktiv shaklda ta’lim olishlari mumkin bo‘lgan o‘quv platformasi loyihasi;

    3-o‘rin – Fazo jamoasi (supermarketlar va savdo markazlarida navbatlar muammosini hal qilish uchun uchun ekotizim loyihasi).

    G‘olib jamoalar akseleratsiya dasturiga hech qanday tanlovsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Wonder Women yo‘nalishi doirasida qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladigan qolgan jamoalar:

    - Study Pool (natijalarni keyinchalik relyatsion jadvallarga o‘tkazish imkoniyati bilan API orqali matnni qabul qilish, filtrlash va tahlil qilish uchun noyob funksiya ishlab chiqdi. API  salbiy xabarlar va istalmagan xabar jo‘natuvchilar bilan kurashadi;

    - GGG (xizmat doirasida xavfsiz muloqot qilish imkonini beruvchi faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovadagi avtorizatsiya loyihasi);

    - Mind Optimizer (faqat ayollar uchun ishlab chiqilgan ilovadagi avtorizatsiya loyihasi).

    Manba: Axborot xizmati