Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yo‘lida barcha davlat tashkilotlarining AKT bo‘linmalari rahbarlari o‘zaro hamkorlikda ishlashga chaqirildi
    31.05.2022

    Bugun, 31-may kuni Davlat tashkilotlarining AKT bo‘linmalari rahbarlari bilan elektron hukumat va raqamlashtirishda olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad – davlat tashkilotlarining AKT bo‘linmalari rahbarlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning fikr va mulohazalari, takliflarini olish, mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlashdan iborat.

    AKT vaziri Davlatimiz Rahbari tomonidan raqamlashtirishga, elektron hukumatga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni qurishda raqamlashtirish sohasi eng asosiy tamoyil ekanligi aytildi.

    Uchrashuv davomida tashkilotlar rahbarlari tomonidan davlat organlarida o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda uchrayotgan asosiy muammo va kamchiliklar, ularni oldini olish hamda ochiq ma’lumotlar portali ma’lumotlarini shakllantirish bo‘yicha umumiy tavsiyalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati