Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyadagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 20-21-iyun kunlari Gruziya poytaxti Tbilisida “Raqamli hukumat sohasida hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

20.06.2022

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha strategiya muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi respublikamizda sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish bosqichlari, sun’iy intellekt infratuzilmasini yaxshilash hamda qisqa muddatli va uzoq muddatli dolzarb loyihalarni belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2023-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasini regulation.gov.uz saytida muhokama uchun e’lon qildi.

20.06.2022

Abituriyentlarni Yagona portal orqali ro‘yxatga olish boshlandi

Bugun, 20-iyundan Davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.

20.06.2022

Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - ikkinchi mintaqaviy sammitida AKT vazirligi delegasiyasi ham ishtirok etmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati Olmaota shahrida joriy yilning 16-17-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Hukumati Yevropa ittifoqi va BMTning rivojlantirish dasturining texnik ko‘magida tashkillashtirilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - ikkinchi mintaqaviy sammitida ishtirok etmoqda.

16.06.2022

AKT vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 16-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

16.06.2022

Elektron tijorat subyektlari vakillari bilan ochiq muloqat o‘tkazilib, shu yo‘nalishdagi soliqqa oid qonunchilik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 15-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev bilan birgalikda Elektron tijorat assosiatsiyasi vakillari o‘rtasida  ochiq muloqat  bo‘lib o‘tdi.

15.06.2022