Bugun, 20-iyundan Davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Bunda, abituriyentlar:
– test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlashlari mumkin;
– ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etadi.
Manba: Axborot xizmati