Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 14-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasini maxsus xotira shtempeli bilan tantanali so‘ndirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  ishtirok etdi.

15.09.2022

Huawei va ZTE kompaniyalari bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 506,8 mln dollardan ortiq 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Bugun, 14-sentabr kuni Shanhay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan «Huawei International PTE., Ltd.» va «ZTE Corporation» kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  ishtirok etdi.

15.09.2022

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida senatorlar “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.

13.09.2022

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi – endilikda fuqarolar konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yil sayin internet tarmoqlari orqali masofadan (onlayn) xizmatlar ko‘rsatish rivojlanyapti.

13.09.2022

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda bashorat qilish mushkul bo‘lgan yangi bir davr boshlanmoqda.

12.09.2022

IT Park rezidentlari hamda vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkilotlarning biznes jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlarining (Chief Digital Officer) IT Park rezidentlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

10.09.2022