Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimoti o‘tkazildi
    15.09.2022

    Bugun, 14-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasini maxsus xotira shtempeli bilan tantanali so‘ndirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  ishtirok etdi.

    Joriy yilning 15-16 sentabr kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi.

    Sammitning asosiy siyosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasi loyihasida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha mujassamlashgan pozitsiyalari o‘z ifodasini topgan. Mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar belgilab berilgan.

    Samarqand sammiti Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash va tashkilot doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim tarixiy bosqich bo‘lishi shubhasizdir.

    Ushbu muhim voqea munosabati bilan Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusiga ko‘ra “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga bag‘ishlangan maxsus pochta markasi (pochta bloki ko‘rinishida) tayyorlanib, 2022-yil 12-sentabrda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi.

    Pochta markasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo bo‘lgan Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlarining bayroqlari, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammitiga bag‘ishlangan logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi tasvirlangan.

    Pochta markasining orqa fonida esa, O‘zbekistonning Sharq durdonalari sifatida tan olingan qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi hisoblanmish “Registon” maydoni joylashgan.  

    Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlab tayyorlangan pochta markasini so‘ndirish maqsadida Samarqand sammiti logotipi aks ettirilgan maxsus xotira shtempeli tayyorlandi.  

    Manba: Axborot xizmati