Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi – endilikda fuqarolar konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
    13.09.2022

    Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yil sayin internet tarmoqlari orqali masofadan (onlayn) xizmatlar ko‘rsatish rivojlanyapti.

    Ayniqsa, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron hujjat aylanishi ortib borayotgani tufayli elektron raqamli imzodan foydalanish ommalashdi.

    Ma’lumki, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun 2003 yilda qabul qilingan. Bugungi kunda unga qator o‘zgartirishlar kiritishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.

    Jumladan, Avstraliya, Koreya, AQSH va bir qator rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslarga elektron raqamli imzodan foydalanishga ruxsat etilmoqda.

    Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, buning uchun sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.

    Bular – elektron raqamli imzodan foydalanish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart-sharoitlar yaratish, elektron raqamli imzoni talab qiladigan virtual xizmatlar turlarining ochiqligi va sifatini ta’minlash, majburiy texnik talablar, normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va boshqalar.

    Davlat organlarining maxfiy ma’lumotlarining axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida Idoralararo elektron axborot almashinuvida faqat milliy standartlar asosida ishlab chiqilgan elektron raqamli imzodan foydalanishga ruxsat etilmoqda.

    Foydalanuvchilarga doimiy ravishda o‘zi bilan ma’lumot tashuvchi qurilmalarni (fleshka) olib yurishga hojat qoldirmaslik maqsadida «bulutli texnologiyalarda» elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.

    Shuningdek, Qonunda ro‘yxatga olish markazining faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish amaliyoti joriy etilmoqda. Elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari mazkur Qonun bilan mustahkamlanmoqda.

    Qonunda yana bir yangilik “Ishonchli uchinchi taraf xizmati” nazarda tutilmoqda. Ushbu xizmat axborot va elektron hujjatlarni almashish paytida elektron raqamli imzoning imzo qo‘yayotgan shaxsga tegishli ekanligini aniqlash imkonini beradi.

    Muhokamalar so‘ngida mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati