Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

O'zbekistonda “DigiGirlz” ta'lim dasturi bo'lib o'tadi

O'zbekistonda birinchi marotaba qizlar salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb etishga qaratilgan “DigiGirlz” ta'lim dasturi bo'lib o'tadi. Mazkur ta'lim dasturiga qiziqish bildirgan qizlar 2018 yil 6 aprelgacha ro'yxatdan o'tishlari kerak.

03.04.2018

Azim Axmedxadjaev Afg'oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirini qabul qildi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Afg'oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shaxzod Gul Aryobini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda «Afg'on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi.

02.04.2018

AKT vaziri BMTning O'zbekistondagi doimiy vakilini qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev hamda BMTning O'zbekistondagi rezident-koordinatori Helen Freyzer ishtirokida “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish uchun hamkorlik va raqamli o'tish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

02.04.2018

Vazirlik «Ochiqlik indeksi»da 93 ballni qo'lga kiritdi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «Ochiqlik indeksi» bo'yicha reytingida AKT vazirligi 93 ball bilan vazirliklar orasida 1-o'rinni egalladi.

01.04.2018

Xitoyning Aerokosmika fanlari va sanoati korporatsiyasi rahbari tashrif buyurdi

Vazirlikka Xitoyning Aerokosmika fanlari va sanoati korporatsiyasi (CASIC) bosh direktori Li Yuye boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

30.03.2018

Mehnat yarmarkasida 2 mingga yaqin yoshlarga yo’llanma berildi

Bugun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy bo‘linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 

30.03.2018

Toshkentda «Oracle Day – 2018» biznes-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

29 mart kuni poytaxtimizda mamlakatimizning turli sohalarini zamonaviy axborot texnologiyalari ko‘magida modernizatsiya qilish va ular asosida yangi xizmatlar joriy etish orqali iqtisodiyotimizni jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan biznes-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

29.03.2018

Inha universitetida “Oracle akademiyasi” faoliyatini boshladi

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oracle akademiyasi” faoliyatini boshladi. Tadbirda universitet rahbariyati hamda “Oracle Academy” dasturining mintaqaviy rahbari Deni Guris ishtirok etdi.

29.03.2018

Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi AKT sohasi uchun kredit ajratadi

Vazirlikda Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (Economic Development Cooperation Fund(EDCF) delegatsiyasi hamda vazirlik rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

28.03.2018

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkaziladi!

Joriy yilning 30 mart kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo'sh ish o'rinlari namoyishiga bag'ishlangan mehnat yarmarkasi o'tkaziladi! Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.
 
 

27.03.2018