Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik «Ochiqlik indeksi»da 93 ballni qo'lga kiritdi
    01.04.2018

    Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «Ochiqlik indeksi» bo'yicha reytingida AKT vazirligi 93 ball bilan vazirliklar orasida 1-o'rinni egalladi.

    Joriy yil 1 yanvargacha bo'lgan davrni o'zida ifodalagan «Ochiqlik indeksi» reytingi 52 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organini qamrab oldi.

    Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko'rish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo'yicha jamoatchilik kengashi shakllantirilgan edi.

    Ushbu kengash ekspertlar ishtirokida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilib, baholash natijalarini har yili ikki marotaba e'lon qilib boradi.

    Manba: Axborot xizmati