Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda «Oracle Day – 2018» biznes-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
    29.03.2018

    29 mart kuni poytaxtimizda mamlakatimizning turli sohalarini zamonaviy axborot texnologiyalari ko‘magida modernizatsiya qilish va ular asosida yangi xizmatlar joriy etish orqali iqtisodiyotimizni jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan biznes-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri "Oracle" tomonidan tashkil etilgan tadbirda 200 dan ortiq davlat organlari, tijorat banklari va iqtisodiyotning real sektori vakillari ishtirok etdilar.

    Mahalliy va xorijiy mutaxassislar zamonaviy trendlar va yangi texnologiyalar hamda ularning hayotimizga kiritishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni muhokama etdilar.

    Shu bilan birga ishtirokchilar zamonaviy axborot infratuzilmasini yaratish va turli tahdidlardan himoya qilishning samarali yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.

    Ushbu tadbirni tashkil etish doirasida, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da “Oracle Academy”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    “Oracle Academy” axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan yoshlar va mutaxassislar uchun turli o‘quv dasturlarini taklif etadi.

    Har yili akademiya kurslarini dunyoning 120 mamlakatidagi 3,5 million nafardan ortiq talabalari bitiradi. “Oracle Academy” dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

    Kurslar davomida yosh mutaxassislar axborot texnologiyalari bozorida katta talabda bo‘lgan dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasidan foydalanishni o‘rganadilar.

    Manba: Axborot xizmati