Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

“O‘zbektelekom” AK Respublikamiz hududlarida keng polosali ulanishni rivojlantirish haqida ma’lumot berdi

18-oktabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi.

Brifing davomida kompaniya mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda yuqori tezlikda keng polosali ulanishni rivojlantirishga qaratilgan taqdimot namoyish qilindi

18.10.2019

“BOQIYSAN IFTIXORIMSAN ONA TILIM” MA’NAVIY MARIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Bugun 2019 yil 17 oktyabr kuni “Davlat tili haqida"gi qonunimiz qabul qilinganining 30 yilligi sanasi oldidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Boqiysan iftixorimsan ona tilim” shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

17.10.2019

«UZDIGITAL TV» Sharg‘unda ko‘chma ofis tashkil qildi

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning turli hududlarida ko‘chma ofislarni tashkil qilmoqda.

16.10.2019

HALQARO AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Toshkentda birinchi marta “International Hotel Tashkent” mehmonhonasida  15-16 oktyabr kunlari  “Startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyot o‘sishining asosiy omili” mavzusida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda  Xalqaro elektraloqa ittifoqining  amaliy seminari  bo‘lib o‘tdi. 

15.10.2019

O'zbekiston "GSMA Mobile 360-Evroosiyo» tadbirida ishtirok etdi

"GSMA Mobile 360-Evroosiyo" - davlat va xususiy sektor rahbarlarini dunyodagi eng yangi innovatsiyalarni va texnologiyalarni, shu bilan birga raqamli iqtisodiyoti, AKT va mobil telekommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan islohatlarni muhokama qilish uchun har yili o'tkaziladigan tadbir.

14.10.2019

Alibaba hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi

2019 yilning 13 oktyabr kuni IT-Parkda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov,  Хitoyning  Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tatqiqotlar instituti Bosh kotibi, Sin Cheng bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

13.10.2019

“Zamonaviy menejment” va “Boshqaruv mahorati” bo‘yicha xodimlar malaka oshirdi

Bugun 12 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining 15 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Zamonaviy menejment” va “Boshqaruv mahorati” yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarini oshirib sertifikatlar bilan taqdirlandi.

12.10.2019

IT-Parkda Germaniyadan tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

IT-Parkda Oldenburg universiteti professorlari va ilmiy xodimlari, Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi vakillari hamda Germaniya Federativ Respublikasidagi IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mehmonlar IT-Park faoliyati va dasturlari bilan tanishdilar, Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida alohida muhokamalar qilindi. 

11.10.2019

Butunjahon pochta kuni nishonlandi

9 oktabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida Butunjahon pochta kuniga bag'ishlangan "Davra suhbati" shaklida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jamiyat rahbariyati, boshqaruv apparati, filiallar va pochta aloqasi bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.

10.10.2019

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

09.10.2019