eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • HALQARO AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA
    15.10.2019

    Toshkentda birinchi marta “International Hotel Tashkent” mehmonhonasida  15-16 oktyabr kunlari  “Startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyot o‘sishining asosiy omili” mavzusida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda  Xalqaro elektraloqa ittifoqining  amaliy seminari  bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu seminarning  asosiy maqsadi  eng muvaffaqiyatli innovatsion kompaniyalarni rivojlantirish bosqichlarini, ekotizim loyihalarini yaratish va rivojlantirish tajribasini, mintaqada startaplarni qo'llab-quvvatlash tizimining hozirgi holatini, ekotizimning barcha manfaatdor ishtirokchilari ishini yaxshilash uchun muammoli nuqta va imkoniyatlarni, tadbirkorlik harakatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishdir.

    Seminarda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Germaniya, Qirg'iziston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasidan 50 dan ortiq mutaxassis va ekspertlar vakillari ishtirok etdilar.

    Startaplar infratuzilmasi, ularni moliyalashtirish va o‘qitish mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada Qozog‘iston, Gruziya, va O‘zbekistonning tajribalari muhokama qilindi.

    Seminarda, shuningdek, milliy startaplar o‘sishi va qo‘shni mamlakatlar bozorlariga chiqishi uchun sharoitlar yaratishda davlatning roli hamda MDH zonasidagi muvaffaqiyatli startaplar xususida so‘z borib, ularning taqdimotlari o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati