Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Parkda Germaniyadan tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    11.10.2019

    IT-Parkda Oldenburg universiteti professorlari va ilmiy xodimlari, Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi vakillari hamda Germaniya Federativ Respublikasidagi IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda mehmonlar IT-Park faoliyati va dasturlari bilan tanishdilar, Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida alohida muhokamalar qilindi.

    Shuningdek respublikamizdagi  yoshlari oʻrtasida IT-taʼlimini rivojlantirishning muhimligini taʼkidladilar.

    GFR vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida autsorsing markazlarini ochishga qiziqish bildirdilar, Oʻzbekiston agrosanoat majmuasida innovatsiyalar va IT gʻoyalarni rivojlantirish va joriy etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar IT sohasida kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati