Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-son umumta’lim maktabiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi - "Spark" avtomobili topshirildi

Bugun 7-aprel kuni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‘i yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-son umumta’lim maktabiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  sovg‘asi ya’ni “Spark” avtomobili topshirildi.

07.04.2021

Hazorasp tumanida “IT Women Uz-2021” bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “IT Women Uz-2021” loyihasi asosida tahsil olgan tuman xotin-qizlariga sertifikat va esdalik sovg'alar topshirildi.

06.04.2021

Jizzax viloyati Baxmal tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

05.04.2021

Tuproqqal’a tumanida “IT Women Uz-2021” bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

 Tuproqqal’a tumanida “IT Women Uz-2021” loyihasi asosida tahsil olgan tuman xotin-qizlariga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

05.04.2021

Xorazm viloyatida “IT Women Uz-2021” bitiruvchilari taqdirlandi

IT Park Xorazm viloyati Yangibozor tumani filialida “IT Women Uz-2021” loyihasi asosida tahsil olgan tuman xotin-qizlariga tantanali ravishda sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

05.04.2021

TATU Nukus filiali talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi

2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Iqtidorli yoshlar safida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari  va kasbiy ta’lim ” yo’nalishi talabasi Nurniyazov Arman ham bor.

02.04.2021

Jizzax viloyatida “ITWomen.Uz - 2021” bitiruvchilari taqdirlandi

IT Park Jizzax filialida “IT Women Uz-2021” loyihasi asosida tahsil olgan Jizzax viloyati xotin-qizlariga tantanali ravishda sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

02.04.2021

“ITWomen.Uz - 2021” loyihasi bitiruvchilari taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2 aprel kuni Toshkent shahridagi  Amiti universitetida “ITWomen.Uz – 2021” loyihasi  bo’yicha  o’quv kurslarini bitirgan bir guruh xotin qizlar taqdirlandilar.  

02.04.2021

Toshkent viloyatida 60 nafar ayollarga IT yo‘nalishida sertifikatlar topshirildi

Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunkiatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “IT WomenUZ-2021” loyihasi doirasida Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning kompyuter savodxonligi va elektron tijorat yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

02.04.2021

Yagona portal: 2021 yilda ishga tushiriladigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi

Yil davomida jami 60 ta yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Bugungi pandemiya sharoitida talabgir xizmatlarning onlayn shaklda, qulay tarzda taqdim etilishi aholiga nafaqat yengillik beradi, balki ularning idorama-idora yurib, kasallikka chalinishi ehtimolining ham oldini oladi.

02.04.2021