Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Nukus filiali talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi
    02.04.2021

    2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

    Iqtidorli yoshlar safida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari  va kasbiy ta’lim ” yo’nalishi talabasi Nurniyazov Arman ham bor.

    Nurniyazov Arman 2018-yil oliy matematika va fizika fanlari olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. 2019-2020 o’quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga  sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining “Guruch yetishtirish fermer xo‘jaliklarini boshqarish tizimi” dasturiy majmuasi va “Yer osti suvlari monitoringi” dasturi uchun  mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.

    Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganini dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim yurtida sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati