Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Yagona portalda pochta joʻnatmalarini onlayn kuzatib borish xizmati joriy etildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) yordamida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan yetkazib beriladigan joʻnatmalar holati va qaysi manzilda ekanligini  kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

23.04.2021

Axborot texnologiyalari sohasidagi telekommunikatsiya yoʻnalishidagi islohotlar, Samarqand viloyatida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va sohada kadrlarni tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida brifing

Bugun, 22-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

22.04.2021

“O‘zbektelekom” AK tomonidan operator va provayderlar uchun narxlar arzonlashtiriladi

Joriy yil 1-maydan boshlab “O‘zbektelekom” AK tomonidan operator va provayderlar uchun xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan kanal narxlari 30 foizgacha, ya’ni 32 ming so‘mgacha arzonlashtiriladi.

22.04.2021

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga direktor lavozimiga Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga direktor lavozimiga Karshiyev Zaynidin Abduvaliyevich tayinlandi.

22.04.2021

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori lavozimiga Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich tayinlandi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori lavozimiga Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich tayinlandi.

22.04.2021

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xo‘jamberdiyev Dilmurod Erkinovich tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xo‘jamberdiyev Dilmurod Erkinovich tayinlandi.

22.04.2021

Mobil internet narxlari arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi

Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga ko'tarildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha narxi – $0,6. ekanligi qayd etildi.

21.04.2021

Yagona portalda “COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish” xizmati joriy etildi

Bugungi kunda O’zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davom etmoqda.  Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Yagona portalda (my.gov.uz) yangi xizmat ishga tushirildi.

21.04.2021

AKT vaziri Narpay va Paxtachi tumanlaridagi pochta aloqa bo‘limlari va telekommunikatsiya bog‘lamalari faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sh. Sodiqov boshchiligida ishchi guruh Narpay va Paxtachi tumanlaridagi pochta aloqa bo‘limlari va telekommunikatsiya bog‘lamalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

20.04.2021

Samarqand viloyatida 3,7 ming kmdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari quriladi, tumanlarda 5 ta o‘quv markazi hamda 7 ta ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi

Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy marra qilib qo‘ygan. Bu borada, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan so‘nggi yillarda hududlarda ham bir qator kompleks ishlar olib borildi.

20.04.2021