Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xo‘jamberdiyev Dilmurod Erkinovich tayinlandi
    22.04.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xo‘jamberdiyev Dilmurod Erkinovich tayinlandi.

    D.Xo‘jamberdiyev shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Shu vaqtga qadar, D. Xo‘jamberdiyev faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filialida Ishlab chiqarish laboratoriyasi muhandisligidan boshlab turli lavozimlarda  mehnat qilgan.

    D. Xo‘jamberdiyev Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan. 1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

    Manba: Axborot xizmati