Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK tomonidan operator va provayderlar uchun narxlar arzonlashtiriladi
    22.04.2021

    Joriy yil 1-maydan boshlab “O‘zbektelekom” AK tomonidan operator va provayderlar uchun xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan kanal narxlari 30 foizgacha, ya’ni 32 ming so‘mgacha arzonlashtiriladi.

    Ta’kidlash joizki, hozirda «O‘zbektelekom» AK tomonidan barcha foydaluvchilar uchun xizmat narxini arzonlashtirish, undan foydalanish imkoniyatini qulay tarzda  yaratish bo‘yicha bir qator ishlar olib  borilmoqda.

    Xususan, 2021-yil yanvardan boshlab operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxlari  2 barobarga arzonlashtirilgan edi va hozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 000 soʻm deb belgilangan. Mazkur xizmat narxi so‘nggi 3 yil ichida 7,5 barobardan ko‘proqqa arzonlashtirilganligini ko‘rsatmoqda.

    Bu o‘z navbatida operator va provayderlarning respublikamizda faoliyatini jadal rivojlantirish, aholiga sifatli xizmatlarni qulay narxlarda taqdim etish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

    Manba: Axborot xizmati