Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

Aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish maqsadida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi (https://e-gov.uz/) tomonidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.  Ushbu so‘rovnoma 3 ta savoldan iborat.

16.08.2021

AKT xodimlari uchun yangi va zamonaviy uylar o‘z egalariga topshirildi

Bugun, 13-avgust kuni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesi hamda Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzesida qad rostlagan 210 xonadonli 4 ta to‘qqiz qavatli turar-joy binolaridagi xonadonlarni o‘z egalariga berish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

13.08.2021

Ma'rifat va innovatsiyalar: O'zbekistondagi barcha o'zgarishlar mehvarida nur sochib turibdi

2021-yil 13-avgust  kuni “Xalq so'zi” gazetasining 170-sonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Mahkamovning  " Ma'rifat va innovatsiyalar : O'zbekistondagi barcha o'zgarishlar mehvarida nur sochib turibdi" nomli  maqolasi chop etildi. Mazkur maqolada AKT sohasida ta'limga bo'lgan e'tibor, talabalarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, iqtidor egalarining bugungi

13.08.2021

Pochta aloqasi xizmatlarining sifat va tezkorligi oshirilmoqda

Bugun barcha sohalar bilan bir qatorda pochta aloqasi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Insonlar hayotida pochta aloqasi alohida ahamiyatga egadir.

12.08.2021

TATU talabalari uchun Koreyalik mutaxassislar tomonidan onlayn darslar o‘tilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn darslar tashkil etilmoqda.

11.08.2021

Olimpiada chempionlariga uy va avtomobil mukofoti berildi

Toshkentda Tokio-2020 sovrindorlari va ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aeroportdagi qutlovlardan keyin sportchilar Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon yo‘l olishdi. U yerda Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

10.08.2021

Endilikda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun elektron ariza topshirish mumkin

Hozirgi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud.

10.08.2021

Toshkentdagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Akademiyaning asosiy maqsadi -  oliy o'quv yurtlari o'qituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yo'nalishlarda o'qitish va sertifikatlashdir.

10.08.2021

"World AI & Data Challenge" xalqaro ma'lumotlar xakatoni o'tkaziladi

IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda joriy yilning 21-22 avgust kunlari mukofot jamg'armasi 5,5 million rubl bo'lgan "World AI & Data Challenge" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ma'lumotlar xakatonini o'tkazadi.

09.08.2021

Endilikda pochta joʻnatma holatini va qaysi manzilda ekanligini onlayn kuzatib borish mumkin

Endilikda Yagona portlada orqali “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan yetkazib beriladigan joʻnatmalar holati va uning qaysi manzilda ekanligidan xabardor boʻlib turish mumkin.

09.08.2021