Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Olimpiada chempionlariga uy va avtomobil mukofoti berildi
    10.08.2021

    Toshkentda Tokio-2020 sovrindorlari va ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aeroportdagi qutlovlardan keyin sportchilar Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon yo‘l olishdi. U yerda Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

    Tokio Olimpiya o‘yinlari oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe avtomobili va 4 sotixli 3 xonali hovli kalitlari topshirildi. Bronza medaliga ega chiqqanlarga esa Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy berildi.

    Eslatib o‘tamiz, Olimpiadadan avval oltin medal egalariga 200 ming AQSh dollari, bronzaga ega chiqqanlarga esa 50 ming dollar pul mukofoti berilishi ma’lum qilingandi.

    Tokio Olimpiadasida taekvondochi Ulug‘bek Rashidov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va bokschi Bahodir Jalolov oltin, dzyudodan Davlat Bobonov hamda erkin kurashdan Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

    Sportchilarimizni kutib olish va taqdirlash marosimlarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.

    Manba: Axborot xizmati