Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Qashqadaryo viloyatida IT-Markaz xodimlari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatida  IT-Markaz xodimlari tomonidan o'z hududlari doirasida IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun  o‘quv seminari o‘tkazildi.

17.09.2021

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish uchun ariza Yagona portal orqali qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.

17.09.2021

“TLDCON-2021” Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yuqori daraja milliy domenlarining ma’mur va registratorlarning (ro‘yxatga oluvchilar) “TLDCON-2021” 14-Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

16.09.2021

Namangan viloyatining bir qator tumanlarida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, IT Park Namangan viloyati filiali, Mingbuloq hamda Namangan tumanlari hokimliklari rahbarlari va xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

16.09.2021

Navoiy axborot texnologiyalari texnikumining bino va hududi yangi o‘quv yiliga hozirlanmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot-kommunnikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qaroriga asosan Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi tashkil etildi. Bugungi kunda mazkur texnikumga 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom ettirilmoqda. Shuningdek yangi o‘quv yili uchun binoni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

16.09.2021

AKT vaziri Nukus shahridagi IT-texnikumining ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-sentabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash  bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgan edi. Unda bir qator topshiriqlar berilgandi.  Unga ko‘ra, joriy yil 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlangandi. 

16.09.2021

Toshkent shahridagi Amity universitetida “Orientation Day” bo‘lib o‘tdi

Unda talabalar Universitetning 2021-2022 o‘quv yili dasturi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, Universitet tarixi, uning asoschilari va ichki tartib nizomlari bilan tanishishdi.

 

15.09.2021

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va korxona o‘rtasida mini-futbol musobaqasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Vazirlik tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun respublika musobaqalariga start berildi.

15.09.2021

Buxoro viloyati Kogon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Buxoro viloyati Kogon shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kogon shahar hokimi, Kogon shahar Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. 

15.09.2021

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

15.09.2021