Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    15.09.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

    Vazirlik mas’ullari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Buzatov tumani hokimi bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

    O‘tkazilgan sayyor qabul davomida 21 ta murojaat kelib tushgan. Aksariyat murojaatlar ta’lim yo‘nalishida oid hamda telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, mobil aloqasi masalalari ham o‘rin olgan.

    Uchrashuv doirasida fuqarolar AKT sohasida ta’lim olish va malakalarini oshirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Internet tarmog‘iga ulanish masalasida arizalar qabul qilindi.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati