Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Simli aloqa
20.04.2017

Mintaqalar bo‘yicha statsionar simli telefon aloqasi xizmati (mahalliy telefon aloqasi) bir aholi punkti yoki ma’muriy hudud chegarasida bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon aloqasidir.

Telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishiga Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslar telekommunikatsiyalar mahalliy bo‘limiga yozma ravishda ariza bilan murojaat etadilar. Shartnoma tuzishga ariza fuqaroning texnik imkoniyatlari va ko‘rsatilgan manzilda yashashini tasdiqlovchi hujjat yoki turar joyni o‘z nomiga sotib olganligi to‘g‘risidagi hujjat mavjud bo‘lgan hollarda qondiriladi.

Ariza qabul qilingan kundan bir oy muddat davomida telekommunikatsiyalar bo‘limi vakillari ariza beruvchiga qabul qilingan qaror haqida xabar qiladilar.

Tariflar № 125–1/1 preyskuranti (o‘zbek tilida) asosida o‘rnatiladi.

Mahalliy telefon so‘zlashuvlari uchun haq to‘lashda № 125–1/1 preyskurantga binoan abonentlik to‘lovi yoki vaqtbay to‘lov tizimini qo‘llaniladi.

Agar savollar tug‘ilsa qayta aloqa shakli orqali murojaat etishingiz mumkin.

Xizmat haqida yanada batafsil ma’lumot olish uchun kompaniya mintaqaviy filiallari telekommunikatsiyalar mahalliy bo‘limlari telefonlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

Xizmatlar umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlarida telefon xizmatlari ko‘rsatish QOIDALARIGA to‘la mos keladi (2004-yil 31.03. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlangan. № 98).