Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Kabel televideniyesi
20.04.2017

Televideniye aloqa va axborotlashtirish sohasi rivojining zamonaviy bosqichida jamiyatning ma’lumotlar, madaniyat va ma’naviyatga bo‘lgan talabini qondirib, uning xayotida muhim o‘rin tutadi, shuningdek demokratiya institutining shakllanishi, aholini O‘zbekiston Respublikasi hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirishda faollashishini ta’minlaydi. Natijada, aholining kabel televideniyesi xizmatlariga oshib borayotgan talabini qondirish zaruriyati tug‘ildi va shu sababli “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi (RRTM DUK) tomonidan respublikamizdagi 14 ta shaharda kabel televideniyesi tarmoqlari tashkil etildi.

RRTM DUK, tegishli litsenziyaga ega bo’lib, kabel televideniyesi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini o‘z kuchi va vositalari bilan amalga oshiradi.

Kabel televideniyesi xizmatlari jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan, qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga mos keluvchi texnik vositalardan foydalangan holda ko‘rsatiladi.

Raqamli optik-tolali aloqa tizimlari butun dunyoda rivojlanayotganini inobatga olgan holda, Markaz tomonidan Navoiy shahrida joylashgan kabel televideniyesi tarmog’ida tajribaviy raqamli optik-tolali magistral liniya ishga tushirildi.

Kabel televideniyesi tarmoqlarida chet el teledasturlarini tarqatish «O‘zbekiston kabel televideniyesi» YoAJ bilan tuzilgan shartnomaga binoan taqdim etiladigan dasturlar ro‘yxatiga asosida amalga oshiriladi.

Bugungi kunda RRTM DUK, teleradiouzatish sohasida ko‘p yillik tajriba va butun O‘zbekiston bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lib, aholining kabel televideniyesi xizmatlariga bo‘lgan talabi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar jug‘rofiyasini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha doimiy marketing tadqiqotlarini olib boradi.

Marketing tadqiqotlari natijasiga asosan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • yangi kabel televideniyesi tarmoqlarini tashkil etish va ishlab turganini xarid qilish;
  • mavjud tarmoqlarni takomillashtirish va kengaytirish;
  • mavjud tarmoqlarda tarqatilayotgan television dasturlarning sonini oshirish.

Bu esa bizga doimiy ravishda xizmatlar sifatini yaxshilab borish va respublika aholisining yuqori darajadagi kabel televideniyesi xizmatlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishga to‘xtovsiz intilish imkonini beradi.

Kabel televideniyesi tarmoqlarining manzili:

Qoraqalpog‘iston respublikasi:

  • Nukus shahri, Utepov ko‘chasi, raqamsiz uy, telefon: (361-2) 24-73-66
  • Mang‘it shahri, Kilichbay ko‘chasi, Mang‘it RTS, telefon: (361-2) 24-73-66
  • Chimboy shahri, Qiriq qiz ko‘chasi, Chimboy RTS, telefon: (361-2) 24-73-66

Andijon viloyati:

  • Qo‘rg‘ontepa shahri, Yangi xayot, 3-uy, telefon: (374-2) 24-08-88

Buxoro viloyati:

  • Buxoro shahri, T. Farog‘iy ko‘chasi, 14-uy, 89-xonadon, telefon: (365-22) 2-80-12

Qashqadaryo viloyati:

  • Nishon tumani, Nuriston qishlog‘i, Sh. Rashidov ko‘chasi, avtobus shox bekati, telefon: (375-22) 6-04-21

Navoiy viloyati:

  • Navoiy shahri, 4-kichik tuman, Abduraxmonov ko‘chasi, 8-uy, telefon: (436-22) 3-63-21

Jizzax viloyati:

  • Jizzax shahri, Narimonov ko‘chasi, 42-uy, telefon: (372-22) 7-00-05

Surxondryo viloyati:

  • Termiz shahri, At-Termiiy ko‘chasi, 30-RTS, telefon: (376-22) 3-12-56
  • Jarqo‘rg‘on shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 5-uy, telefon: (376-22) 3-12-56
  • Denov shahri, Guliston kichik tumani, Sh. Rashidov ko‘chasi, "Surxondaryo telekom" ,binosi, telefon: (376-22) 3-12-56

Sirdaryo viloyati:

  • Guliston shahri, 2-kichik tuman, 174-uy, 48-xonadon, telefon: (367-2) 25-34-60
  • Yangiyer shahri, Mamadaliyev ko‘chasi, 8-maktab, telefon: (367-2) 25-34-60

Toshkent viloyati:

  • Angren shahri, 6/4-kvartal, 43-uy, 15- xonadon, telefon: (371) 235-90-76