Vazirlik tomonidan 1-15 avgust kunlari test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur texnika vositalariga tanlov e'lon qilingan edi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan joriy yilning 1-15 avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor va monitor yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralab olish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
1. LOT 1 - Shaxsni identifikatsiyalash vositalari “VIP SYSTEM SERVICE” MChJ;
2. LOT 2 - Metallodetektor “SECURE HOUSE” MChJ;
3. LOT 4 - Monitor “EVENT ALUMINUM” YaTT.
Manba: Axborot xizmati