Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 1-15 avgust kunlari test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur texnika vositalariga tanlov e'lon qilinadi
    24.05.2018

     

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1-15 avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor, monitor va yig‘ma pavilonlar yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralash ishlari amalga oshirilishini e’lon qiladi.

    Qurilmalarni xarid qilish quyidagi lotlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

    Videokuzatuv qurilmalarini yetkazib berish va o‘rnatish – LOT 1;

    Metallodetektorlarni yetkazib berish – LOT 2;

    Yig‘ma pavilonlarni yetkazib berish va o‘rnatish – LOT 3;

    Monitorlarni yetkazib berish – LOT4.

    LOT 1, LOT 2, LOT 4 bo‘yicha qurilmalarni xarid qilish milliy valyutada, LOT 3 bo‘yicha milliy hamda xorijiy valyutada amalga oshiriladi.

    Qurilmalarni xarid qilish ishlari texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Eng yaxshi takliflar taqdim etgan korxonalar bilan shartnoma tuziladi.

    Takliflarni saralab olishda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxonalardan takliflarni joriy yilning 30 may, soat 15-00 ga qadar Toshkent shahar, 100047, Amir Temur ko‘chasi 4 uy manziliga yuborilishini so‘raymiz.

    Xujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

    Kulanov Ulug‘bek (E-mail: u.kulanov@mitc.uz; tel.: 238-41-86), Elchiyeva Shaxnoza (E-mail: sh.elchieva@mitc.uz; tel.: 238-43-82), Kasimov Bekzod

    (E-mail: b.kasimov@infosec.uz; tel.: 277-87-99).

    Manba: Axborot xizmati