Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oliy Majlis qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da AKT vaziri hisoboti eshitilib, deputatlar savollariga javoblar berildi
    14.12.2022

    2022-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildilar.

    Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov javob berdi.

    Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2020 yil 5 maydagi tegishli farmoni doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi asosida respublika bo‘ylab IT-parkning 7 ta filiallari ishga tushirilgan bo‘lsa, 3 ta vaqtinchalik filiallari tashkil qilingan.

    Shuningdek, 2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlarida ham mahalliy budjet hisobidan tashkil etilishi belgilangan. Hozirgi kunga kelib IT-Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1036 taga yetkazildi.

    Davlatimiz rahbarining 2022-yil 23-avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq, 15 ta masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari tashkil etilib, ularda 500 nafardan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Yoshlarning startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik hamda IT-Park tomonidan respublika bo‘ylab axborot texnologiyalari yo‘nalishlari mavjud 35 ta oliy ta’lim muassasasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya markazlari tashkil etildi.

    Xalq vakillari respublika bo‘yicha raqamli infratuzilmani takomillashtirish, hususan, barcha aholi yashash punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik tolali aloqa hamda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berishdi.

    Sh. Shermatov qayd etganidek, xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilgan. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan.

    Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2021 yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishildi. Shuningdek, 2021-2022 yillarda qo‘shimcha 102 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali ularning umumiy uzunligi 170 ming km.ga yetkazildi.

    2020-yil yakunida 2,7 mln.ta uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi ikki yilda qo‘shimcha 1,7 mln. keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida jami 4,4 mln.ta uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.

    Aholining Internet xizmatidan foydalanuvchilari soni 31,0 mln.dan ortdi. Shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 29,5 mln.ni tashkil etadi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 22 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54,0 mingtaga yetkazildi. Respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga, keng polosali mobil Internet qamrovi 98 foizga yetkazildi.

    “Hukumat soati”da deputatlar elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, barcha davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich raqamli shaklga o‘tkazish, shu jumladan ko‘rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham qiziqdi.

    Vazir tomonidan aytib o‘tilganidek, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 358 turdagi xizmat onlayn shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy qilinayotgan barcha elektron davlat xizmatlarining to‘lov jarayonlari Yagona billing tizimiga ulangan.

    Bugungi kunda 19 turdagi davlat xizmatlari kompleks birlashtirilishi natijasida 6 turdagi kompozit shakldagi xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatidan foydalanish natijasida kompozit shaklda bir vaqtning o‘zida bitta so‘rov orqali tug‘ilganlikni qayd etish, oilaviy poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, ota-onaning doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish xizmatlaridan foydalanish mumkin.

    Hukumat soatida xalq vakillari tomonidan ko‘tarilgan boshqa masalalar bo‘yicha Vazir keng va atroflicha javob berdi.

    Muhokamalarga boy bo‘lgan “Hukumat soati”da deputatlar mavjud muammolarni bartaraf etish, soha istiqboliga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berdi.

    Kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati