Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BAAning “Scope Investment” kompaniyasi O‘zbekistonning yirik shaharlarini “aqlli shahar”ga aylantirish bo‘yicha hamkorlikda ishlash taklifini berdi
    16.09.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos “Scope Investment” MCHJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida “Scope Investment” kompaniyasining respublikada “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish, shaharlarni bir butun boshqarish samaradorligini oshirishda kompaniyaning texnologik yechimlarini tadbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, “Scope Investment” MCHJ Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan kompaniya bo‘lib, aqlli shaharlar, sog‘liqni saqlash, avtomobilsozlik, ko‘chmas mulk, chakana savdo sohalarida xizmat ko‘rsatib keladi. Hozirda kompaniya O‘zbekistonda turli sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

    Uchrushuvda kompaniya tomonidan O‘zbekistonning ko‘plab yirik shaharlarini to‘g‘ri imkoniyatlarni ishga solgan holda sarmoya kiritish orqali aqlli shaharlarga aylantirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Xususan, shaharni aqlli svetoforlardan foydalangan holda kompleks boshqarish samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi yirik shaharlarida Yevropa va AQSH davlatlari tomonidan sertifikatlangan xizmat turlarini joriy etish taklif qilindi.

    AKT vaziri birinchi o‘rinbosari O. Pekos ushbu turdagi loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlab, zarur infratuzilmani ta’minlashda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

     

    Manba: Axborot xizmati