Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Аloqa obyektlardan unumli foydalanish va BPO xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi
    24.02.2022

    Bugun, 24-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Tahiatosh tumanida joylashgan aloqa obyektlari bilan tanishdi.

    Dastlab AKT vaziri Sh. Shermatov Tahiatosh tumanida joylashgan pochta aloqasi bo‘limiga borib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Pochta aloqasi bo‘limini faoliyatini takomillashtirish, mijoz va xodimlarga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Shundan so‘ng AKT vaziri Sh. Shermatov ushbu tumanda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga bordi va uning faoliyatini o‘rgandi. Mazkur IT markazida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi. Yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish, dolzarb IT yo‘nalishlarni o‘rganish orqali yuqori maoshli kasblarni egallash muhimligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, tashrif doirasida AKT vaziri Sh. Shermatov Tahiatosh tumanida joylashgan “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga  ham bordi.

    Tahiatosh tumanida joylashgan “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialini zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’mirlash va ulardan unumli foydalanish, jumladan, BPO markazini tashkil qilish  bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

    Manba: Axborot xizmati