Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Mobiuzning 5G tarmog‘i sinov tariqasida ishga tushirilishida ishtirok etdi
    01.12.2021

    Bugun, 1-dekabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Mobiuz mobil operatori faoliyati bilan tanishdi va beshinchi avlod tarmog‘i sinov tariqasida ishga tushirilishida ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida kompaniyaning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari, 2025-yilgacha rivojlanish rejalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

    Ayni paytda Mobiuz abonentlari soni 5 milliondan oshgan. Jismoniy va korporativ mijozlar uchun o‘nlab tarif rejalari, jumladan 7 yilligi munosabati bilan joriy etilgan noyob “Mobiuz 7 yil” tarifi amal qilmoqda. Respublika bo‘yicha kompaniyaning 40 dan ortiq ofislari va tijorat hamkorlarining 1,9 mingga yaqin savdo shoxobchalari abonentlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

    Mobiuz Texnik bloki vakillari Xitoy Xalq Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan yirik investision loyiha haqida batafsil ma'lumot berdilar. 2021-2024-yillarda Mobiuz tayanch stansiyalari jihozlarini to‘liq zamonaviyiga almashtirish, 4G LTE tarmog‘i qamrovini kengaytirish, transport tarmog‘i va kommutasiya quyi tizimini rivojlantirish, aloqa va mobil internet sifatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. 2021-yilning o‘tgan davrida ushbu loyiha doirasida mingdan ortiq stansiya ishga tushirilgan.

    Ushbu hamkorlik doirasida Toshkent shahrida Mobiuz’ning 5G tayanch stansiyalari o‘rnatildi. AKT vaziri Sh.Shermatov beshinchi avlod tarmog‘i sinov tariqasida ishga tushirilishida ishtirok etdi va uning imkoniyatlari bilan tanishdi. 2022-yilda 5G to‘liq ishga tushirilishi, buning uchun tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

    AKT vaziri Mobiuzning zamonaviy paketli kommutasiya uskunalari, server xonalari va yangilangan billing tizimi bilan ham tanishdi. Xususan, Mobiuz bulutli xizmatlar orqali internetga mobil ulanishni ta’minlash bo‘yicha telekommunikatsiya sohasida eng so‘nggi yechimni ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

    Sh.Shermatov  2022-2025-yillarda aloqa va internet sifatini yanada oshirish, yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish, shuningdek, mobil aloqa operatori faoliyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Manba: Axborot xizmati