Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Call-markazlar faoliyatini rivojlantirish orqali qo'shimcha ishchi o'rinlari yaratish vazifasini belgiladi
    24.11.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali qoshidagi Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Dastlab markaz mutaxassislari Call-centerni rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar sonini kengaytirish rejalari va tez orada amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida so‘zlab berdilar. Keyin vazir Call-markaz faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

    Erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan, ayni paytda UZTELECOMning internet va mobil aloqa xizmatlariga oid qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash, shuningdek o‘ndan ortiq davlat organlari, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid murojaatlar bo‘yicha Call-markazda 700 dan ortiq xodim jalb etilgani ta’kidlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishga Call-markazning 150 dan ortiq xodimlari jalb etilgan.

    Ta’kidlash joizki, har kuni 45 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar ko‘rib chiqiladi. Agar 2011-yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, u vaqtda qayta ishlangan qo‘ng‘iroqlar soni 500 mingdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib 16 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar ko‘rib chiqilgan.

    Call-markazda abonentlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Vazirga CWMP loyihasi – mijoz terminallarini sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi taqdim etildi, bu abonent terminalini masofadan sozlash va tarmoqqa dastlabki ulanishda avtomatik sozlashdir. Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida soha mutaxassislarining jismoniy hozirligi zaruriyatini bartaraf etish maqsadida yil oxirigacha aloqa muammolarini masofaviy hal qilish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirda ushbu tizim sinovdan o‘tkazilmoqda.

    Shuningdek, yanada koʻproq davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga autsorsing xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Aloqa markazlarini tashkil etish maqsadida Call-markaz xodimlari sonini kengaytirish koʻzda tutilgan.

    Taqdimot chog‘ida AKT vaziri Sherzod Shermatov o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, bu boradagi mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish, yechimini topishda yordam berishini ta’kidladi.

     

    Manba: Axborot xizmati