Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “RRTM” DUK tomonidan rejali profilaktika o‘tkazilishi to‘g‘risida
    01.11.2021

    O'zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi - «RRTM» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

    “RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sunʼiy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari joriy yilning 1-23-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

    Navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1-23-noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha teleuzatkichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu muddat oralig‘ida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

    To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.