eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Nurafshon shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    13.10.2021

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida va Nurafshon shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilib, o‘z faoliyatini boshladi.

    Mazkur markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali, Zangiota tumani va Nurafshon shahar hokimliklari, IT-Park viloyat filiali, keng jamoat vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Markazlarda aholi, tumani yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.

    Manba: Axborot xizmati