Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Respublikada tez tibbiy yordam xizmatini yanada mustahkamlash uchun “Volkswagen Caddy ” rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish boshlandi
    24.09.2021

    Bugun, 24-sentabr kunidan boshlab, “Jizzax avtomobil zavodi” tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalariga “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez yordam avtomobillari yetkazib berish boshlandi.

    Prezidentning 2021-yil 27-maydagi “Оsiyo taraqqiyot banki va Оsiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “О‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021-yil 1-oktabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish  topshirilgan edi.  

    Hozirgi vaqtda “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalarining   A toifali tez tibbiy yordam mashinalari yetkazib berila boshlandi. Ushbu 1000 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari “Damas” rusumidagi amaldagi muddati tugagan avtomobillar o‘rnini egallamoqda.   

    “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari O'zbekistonning barcha viloyatlariga  yetkazib beriladi.

    “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xalqaro talablarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilmoqda.  Avtomobil ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay tarzda joylashtirish imkonini beradi.  

    “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillari 12 yillik kuzov va 2 yil davomida cheklovsiz yo‘l bosish kafolatiga ega bo‘lib, respublika bo‘ylab rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlari va dillerlarning mavjudligi, kafolat va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlarning doimiy mavjudligi, xavfsizlik tizimlarining bilan ta’minlanganligi, davlat xaridlari saytlarida ro‘yxatdan o‘tish (masalan: hamkorlik.uz) va sertifikatlari mavjudligi kabi qulayliklarga ega hisoblanadi.  

    “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomobillari shahar transportida yuqori sifat va yaxshi texnik ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Zarurat bo‘lganda, bemorga harakatni to‘xtatmasdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri mashinada tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin. Shu sababli aholiga tibbiy yordam ko'rsatish samaradorligi va sifatini oshirish uchun “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillari tanlangan. 

     

     

    Manba: Axborot xizmati