Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “TLDCON-2021” Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
    16.09.2021

    Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yuqori daraja milliy domenlarining ma’mur va registratorlarning (ro‘yxatga oluvchilar) “TLDCON-2021” 14-Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur konferensiya 2008-yildan an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan bo‘lib, MDH mintaqasida eng katta va nufuzli IT tadbirlardan biri hisoblanadi. Joriy yilda “TLDCON-2021” onlayn formatda o‘tkazilib, uning tashkilotchisi sifatida esa «UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ tashabbuskorlik qildi. Yagona virtual maydonda xalqaro tashkilotlar va milliy registrlar vakillarini, taniqli xalqaro texnik ekspertlarni, yuqori darajali domen registrlari va registrator kompaniyalarini birlashtirdi.

    Konferensiya dasturi o‘z ichiga oltita asosiy yo‘nalishlarini (seksiyalarni) qamrab olib, unda ekspert va mutaxassislar domen industriyadagi oxirgi yangilik va tendensiyalarni muhokama qilishdi, domenlarni targ'ib qilish, tovar belgilarini himoya qilish va domen nizolarini hal qilish bo'yicha o'zaro tajriba almashadilar, internet muhitini tartibga keltirish fikrlari bilan o‘rtoqlashib,  yangi texnologik ishlanmalarni taqdim etishdi.

    Tadbir boshida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos so‘zga chiqib, O‘zbekistonda milliy domenni rivojlantirish tarixi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi. Jumladan, oxirgi to‘rt yilda .UZ Milliy domen zonasida domenlarning soni 280 foizga o‘sib, hozirgi kunda 100 mingga yetkazildi.

    Mazkur konferensiya Zoom platformasi orqali, “TLDCON-2021” saytida hamda Internet milliy domenni Muvofiqlashtiruvchi markazining Youtube kanalida jonli efirga uzatildi.